Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada eng ko‘p sotilgan xorijiy avtomobillar ro‘yxati e'lon qilindi
Rossiyaning "Avtostat" tahliliy agentligi Ford Focus mashinasini Rossiyada eng ko‘p sotilgan ommaviy xorijiy mashina deb atadi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada bunday mashinadan 694 mingtaga yaqin bor.
2016 yil yakunlariga ko‘ra, "Fokus" 1-o‘rindan Toyota Corolla’ni siqib chiqargan. 2-o‘rinni olgan bu mashinadan 691 mingta sotilgan. 3-o‘rinni Renault Logan egallagan. Yetakchi o‘ntalikning qolgan o‘rinlarni mos ravishda Hyundai Solaris, Kia Rio, Chevrolet Niva, Daewoo Nexia, Toyota Camry, Volkswagen Passat va Volkswagen Polo modellari egallagan.
Quyida ushbu ro‘yxat keltirilgan.
Model Miqdori, mingta.
Ford Focus 694
Toyota Corolla 691
Renault Logan 608,5
Hyundai Solaris 597,8
Kia Rio 555,3
Chevrolet Niva 549,5
Daewoo Nexia 420,4
Toyota Camry 369,2
Volkswagen Passat 367,1
Volkswagen Polo 357,9
Avvalroq agentlik Rossiyadagi xorijiy mashinalarning o‘rtacha "yoshini" hisoblab chiqqandi va u 10,4 yilni tashkil qilgan. AQSh markalari mashinalarida bu ko‘rsatkich 9,1 yilni tashkil qilgan. Bundan tashqari, 2017 yil boshida Rossiyada minilgan mashinalar savdosi natijalariga yakun yasaldi. Unga ko‘ra, Rossiyada 5,19 mln ta minilgan mashina sotilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026