Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda ilk marta sog‘liqni saqlash kodeksi qabul qilindi
Tojikiston parlamentining quyi palatasi hukumat tomonidan taklif etilgan sog‘liqni saqlash kodeksini ma'qulladi. Bu mamlakat tarixidagi ilk sog‘liqni saqlash kodeksidir.
Tojikiston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vaziri Nasim Olimzodaning ma'lum qilishicha, kodeks loyihasi ishlab chiqilishi prezident Emomali Rahmon ko‘rsatmasiga ko‘ra 2013 yilda boshlangandi.
Kodeks davlat va xususiy, shuningdek xalq tibbiyoti faoliyatini tartibga soladi.
Kodeksga ko‘ra, yetarli tajribaga ega bo‘lmagan yosh tibbiyotchilar xususiy faoliyat yuritishga haqli bo‘lmaydi.
Vazirning qayd etishicha, bugungi kunda Tojikistonda 601ta xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish sub'yektlari ishlamoqda.
Parlamentning quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuxurovning qayd etishicha, keyingi vaqtlarda Tojikistonda tibbiy uskuna va texnikalar narxi o‘sib ketdi. U shu yilning yanvarida vazir etib tayinlangan Nasim Olimzodaga murojaat qilgan: «Agar sen vazirlikdagi korrupsiyani yo‘qotsang, shifoxonalarda, poliklinikalarda va tug‘ruqxonalarda ham bu muammo tugaydi».
Kodeksda xalq tibbiyotiga munosabat bildirilgan. Unga ko‘ra, diniy ko‘rinishdagi tabiblik xususiy tibbiyot sifatida qaralmaydi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
12:31 / 30.04.2025