Jahon | 08:33 / 16.03.2017
5632
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada qamoqxona mahbuslari isyon ko‘tardi

AQShning Kaliforniya shtati shimolida joylashgan Syuzanvill shahri axloq tuzatish markazida saqlanayotganlar qo‘zg‘olon uyushtirishdi. Buning oqibatida qamoqxonaning 6 nafar xizmatchisi yaralandi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi. 

Shtat axloq tuzatish boshqarmasi bayonotida aytilishicha, mahbuslardan biri qamoqxona oshxonasida qo‘riqchiga hujum qilgan. Shundan so‘ng, 30ga yaqin mahbuslar boshqa ofitserlarga tashlanishgan. 

Qamoqxona xodimlari kuch ishlatishga majbur bo‘lgan. Ular ko‘zni achituvchi gaz va o‘ldirmaydigan quroldan foydalangan holda to‘polonni bir necha daqiqada tinchitgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid