Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘zi ojiz maktab o‘quvchilari o‘rtasida ingliz tili bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh iqtidorli talabalaridan tarkib topgan «Yosh izlanuvchilar» guruhi tashabbusi bilan «Ingliz tilida so‘zlarni harflab talaffuz qilish» an'anaviy respublika musobaqasi o‘tkazildi.

Ikki yildan buyon Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘rish imkoniyati cheklangan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa joriy yilda ko‘rish imkoniyati cheklangan 21 nafar maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

Tanlov shartiga ko‘ra, unda ishtirok etgan yoshlar hakamlar hay'ati tomonidan tavsiya etilgan so‘zlarni harflab to‘g‘ri va baland va aniq ovozda talaffuz qilishlari lozim edi. Unda yoshlar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilim va ijodiy salohiyatlarini, iste'dodlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar kuchli uchlikdan o‘rin oldi:
1. Madina Umarova
2. Kamola Davlatova
3. Samira Talipova
Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati, «O‘zbekistonda xorijiy tillar» nomli elektron jurnal va Internet portali, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi hamkorligidagi tadbirga xalqaro tashkilotlar, xorijiy elchixonalar vakillari ham taklif etildi.
Mavzuga oid
10:34 / 13.12.2025
O‘zbekistonda IELTS'dan yuqori ball olganlar soni sezilarli ortdi
20:14 / 17.10.2025
“8,5 ball ham yetadi deyishgandi” – 17 yoshidayoq IELTS'dan 9 ball olgan Nozima Qadamova hikoyasi
10:50 / 18.09.2025
O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada g‘alaba qozondi
18:28 / 20.04.2025