22:52 / 16.03.2017
10484

Putin Angela Merkelning Rossiyaga kelish sanasini ma'lum qildi

Foto: RIA

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bavariya bosh vaziri Xorst Zeyexofer bilan uchrashuvda 2 may kuni Moskvada GFR kansleri Angela Merkelni kutishlarini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti"da xabar berildi. 

Shuningdek davlat rahbari bosh vazirdan "federal kanslerga eng ezgu tilaklari"ni yetkazishni so‘radi. 

Kuni kecha Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Merkelning tashrifi muddatini muvofiqlashtirish haqida aytgan edi. Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, yetakchilar Ukraina masalasini muhokama qilishadi. 

Merkelni Rossiyada kutishayotgani haqida prezident o‘tgan haftada Germaniya TIV rahbari Zigmar Gabriel bilan o‘tgan uchrashuvda ham aytib o‘tgandi. Shuningdek Putin Moskva va Berlinning umumiy vazifasi — ikki tomonlama munosabatlarni to‘liq me'yorga keltirish ekanini ta'kidlagan. 

Top