Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Sirdaryo viloyatida 700dan ortiq tadbirkorlik sub'yekti faoliyatini tugatdi. Buning sababi nimada?
Sirdaryo viloyatida 2016 yilda 1215ta tadbirkorlik sub'yekti tashkil topgan bo‘lsa, 719tasi o‘z faoliyatini tugatgan, yana 717tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmayapti. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi saytida xabar qilingan.
Ma'lum qilinishicha, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ochiq muloqot tadbirkorlik sub'yektlariga o‘rganishlar davomida aniqlangan muammoli masalalarni hal etishga qaratildi.
Xususan, tadbirda tadbirkorlikka xizmat qiluvchi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi institutlari – tijorat banklari, konsalting, marketing, injiniring, lizing va sug‘urta tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati mutasaddi organlari ishtirokida hududdagi kichik tadbirkorlik sub'yektlarining o‘z faoliyatini tugatish va to‘xtatganlik sabablari atroflicha muhokama etildi.
Davra suhbatida o‘z faoliyatida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar vakillari tomonidan atroflicha tushuntirish berildi. Aniq amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tadbir davomida partiya faollari tomonidan joylarda aniqlangan masalalar echimi yuzasidan mutasaddi tashkilot va idoralar tomonidan aniq choralar ko‘rilishi belgilab olindi.
Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026