AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ochilganiga 25 yil to‘ldi
2017 yilning 16 mart kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi avvalgi AQSh elchixonasi hududida Amerika Qo‘shma Shtatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi ochilganining 25 yilligi munosabati bilan ushbu davlat bayrog‘ini ko‘tarishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi xabar qildi.
Marosimda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilyor Hakimov, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen, mamlakatga tashrif buyurgan AQSh delegatsiyasi vakillari va mehmonlar ishtirok etdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp yaqinda yo‘llagan tabrik maktubida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston bilan 1992 yilning 19 fevral kuni diplomatik munosabatlar o‘rnatganini ta'kidlab o‘tdi. 1992 yilning 16 mart kuni AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘z eshiklarini rasman ochdi.
«O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi] 25 yil avval davlat kotibi Jyeyms Beykerning tashrifini tashkillashtirish uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratdi, o‘shanda u birinchi Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov bilan uchrashgandi», - deya ta'kidlab o‘tdi Pamela Spratlen.
Pamela Spratlen AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi 25 yillik diplomatik munosabatlar davomida har tomonlama aloqalar o‘rnatilgani, birgalikda yaqin hamkorlik olib borilganini aytib o‘tdi.
Tadbir mehmonlariga o‘zbekistonlik yozuvchi Mavlon Shukurzodaning yaqinda bosmadan chiqqan «AQSh-O‘zbekiston hamkorligi fakt va raqamlarda» kitobi hadya etildi.
Ma'lumot uchun, 2006 yilda AQSh elchixonasi Yunusobod tumanidagi yangi manzilga ko‘chgan.
Mavzuga oid
15:01
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
21:58 / 04.11.2024
Sariq va qizil ranglarda tovlanayotgan Toshkent - fotojamlanma
17:42 / 04.11.2024