11-12 iyul kunlari Ekologiya nazorati inspeksiyasi va ekopolitsiya xodimlari Toşkent şahri havosining ifloslanişi yuzasidan örganiş ötkazdi.
Ekologiya qömitasi xabariga köra, tekşiruv davomida Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi Yangihayot qörğoni hududida joylaşgan maişiy çiqindilar poligonida çiqindilarni joylaştiriş va kömiş işlari talab darajasida taşkil etilmagani sabab 10 iyul kuni yonğin sodir bölgani aniqlangan.
Holat yuzasidan poligon rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilgan va yonğinni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça majburiy körsatma berilgan. Biroq ekopolitsiya tomonidan ötkazilgan qayta tekşiruvda uşbu körsatma bajarilmagani, yonğin 11 iyul kuni ham davom etgani ma’lum bölgan. Şu munosabat bilan poligon rahbari Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 91-moddasi 2-qismi asosida takroran jarimaga tortilgan.
Laboratoriya tahlillari yonğin oqibatida atmosfera havosidagi ifloslantiruvçi moddalar miqdori sezilarli darajada oşganini körsatgan. Xususan:
uglerod oksidi — 10,7 baravar;
formaldegid — 12,2 baravar;
azot dioksidi — 12,8 baravar;
oltingugurt dioksidi — 9 baravar;
vodorod sulfidi — 1,5 baravar ruxsat etilgan me’yordan yuqori ekani qayd etilgan.
Tahlillar asosida atmosfera havosiga yetkazilgan zarar uçun “MAXSUSTRANS-ISHB” DUKka 683 mln 870 ming söm miqdorida qöşimça kompensatsiya tölovi hisoblangan. Tegişli hujjatlar sud organlariga yuboriş uçun tayyorlanmoqda.
Ekologiya qömitasining qayd etişiça, mazkur poligon qurilişi 2021 yilda boşlangan bölsa-da, hozirgaça foydalanişga rasman topşirilmagan. Şunga qaramay, 2025 yil may oyidan buyon Toşkent şahridan çiqarilayotgan maişiy çiqindilar aynan şu poligonga olib kelinib joylaştirilmoqda.












