Biznes bo‘lsa, faqat ochiq-oydin bo‘lsin: Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Ta'minotchilar kunini o‘tkazdi
Aloqa operatori Beeline O‘zbekistonda ilk marotaba Vendor Day (“Ta'minotchilar kuni”) formatidagi tadbirni o‘tkazdi. Maqsad – ta'minotchilar bilan hamkorlik masalalarini ochiq muhokama qilish va o‘zaro manfaat asosida yanada shaffof biznesni olib borish bo‘yicha mustahkam aloqalarning yangi yo‘llarini topishdir. Beeline uning bir qismi bo‘gan Veon kompaniyalar Guruhi (Amsterdam, Niderlandiya) top-menejmenti vakillari Vendor tadbirida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurishdi.
Voqeani sharhlar ekan, VimpelCom Ltd. operatsion samaradorligi bo‘yicha direktori Aleksandr Matyushka shunday dedi: “Bugun men shu yerda, Toshkentda – Veon‘ning birinchi mahalliy “Ta'minotchilar kuni” tadbirining birida ishtirok etayotganimdan hursandman. Bunday formatning noyobligi nimada? Avvalom bor, mening chuqur ishonishim bo‘yicha, eng yirik global telekom-provayderlardan biri bo‘lib qolish uchun, biz mavjud bo‘lgan bozorning hususiyatlarini yaxshi anglashimiz lozim. Bugungi kunda bu butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan 12 operatordir. Bu haqiqatdan ham juda muhim narsa: operatsion kompaniyalar – bu o‘z noyob madaniyatiga ega bo‘lgan, siz insonlar bilan birga muloqotda bo‘lib ishlaydigan turli mamlakatlardir. Biz o‘z hamkorlarimizga Guruhimizning strategiyasi va qadriyatlarini, muhimi esa – Veon‘ni yaqin kelajakda oldinga jadal intilishiga va yetakchi o‘rinni saqlab qolishiga ko‘mak beruvchi innovatsion g‘oyalarni yetkazishga harakat qilamiz”.
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasining konferens-zalida Unitel va Buzton kompaniyalari o‘zlarining o‘nlab eng yirik biznes-hamkorlarini yig‘ishdi va Beeline va Veon‘ning kelajakdagi operatsion modeli va rivojlanish strategiyasini taqdim etishdi. Ta'minotchilar kuni dasturidagi muzokaralar bo‘limining natijasida esa qator loyihalar bo‘yicha xulosalar sarhisob qilindi.
“Beeline butun Veon Guruhi bilan birgalikda transformatsiyalashmoqda, an'anaviy telekom-operatordan biz o‘zining data-sentrik biznes-modeli bilan IT-industriyaga o‘tmoqdamiz – deydi Unitel MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov. – Biz oldinga jadal qadamlar bilan harakatlanmoqdamiz, va bizning maqsadimiz Beeline ta'minotchilari nafaqat bizning so‘rovlarimizga javob bera olishligini, balki tezkor harakatlanayotgan bozor talablariga ham javob bera olishliklarini ta'minlash. Buning uchun hamkorlarimiz kompaniyaning maqsad va rejalarini, ravshan va o‘zaro manfaatli hamkorlikda qurilgan, shuningdek ish ahloq-qoidalariga mos ishga bo‘lgan yondashuvni tushunishlari lozim”.
Tantanali marosim Vendor’s Day‘ning kulminatsiyasiga aylandi. Hamkorlarga turli nominatsiyalarda ramziy sovrinlar topshirildi. Bu turli yo‘nalishdagi kompaniyalar ichidan Beeline‘ga eng sodiq bo‘lgan ta'minotchilarga bo‘lgan minnatdorchilikning o‘ziga hos belgisidir.
Mahalliy Vendor Days VimpelCom o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlarda bo‘lib o‘tmoqda va kompaniyalarning hamkorlik qilishiga barcha sharoitlarni ta'minlovchi g‘oya va takliflar bilan almashish uchun platforma sifatida ishlamoqda.