Bir neça oy oldin Raqobat qömitasi Beeline’ga tarif şartlarini qayta körib çiqiş böyiça körsatma bergan edi. Mobil aloqa operatori Raqobat qömitasi tomonidan qöyilgan talabni bajardi.

Qömita matbuot xizmatining xabar berişiça, Unitel kompaniyasi (Beeline) tomonidan uşbu körsatma bajarilgan.

Mobil aloqa operatori abonentlarga oylik abonent tölovi yeçiş vaqtida mablağ yetarli bölmasa, kunlik abonent tölovi avtomatik tarzda yeçib olinişini bekor qiliş imkoniyatini berişi şart ekanligi körsatilgan edi.

Endilikda kompaniya tomonidan “kunlik abonent tölovi rejimiga ötiş” xizmatini boşqariş imkoniyati joriy etildi. Uşbu xizmat mavjud tarif rejalariga ulangan abonentlarga SMS xabarnoma yuborilib, xizmatni boşqariş usullari tuşuntirildi.

Endi abonentlar kunlik abonent tölovi yeçiş xizmatini:

  • USSD kod orqali;
  • Hambi mobil ilovasi;
  • kompaniyaning aloqa markazi;
  • savdo ofislari orqali öçirişi yoki faollaştirişi mumkin.