Raqobat qömitasi tomonidan Beeline mobil aloqa operatoriga oylik va kunlik abonent tölovi yeçiş şartlarini qayta körib çiqiş böyiça körsatma berildi.

Ma’lum qilinişiça, qömitaga 2024 yilda kelib tuşgan murojaatlarning 8,2 foizi va joriy yilning dastlabki 4 oyi davomidagi 8,9 foizi telekommunikatsiya xizmatlari sohasiga töğri keladi. Bularning köp qismi Beeline mobil aloqa xizmatlari bilan boğliq bölib, asosiy şikoyatlar tarif narxlari oşişi, qöşimça xizmat va pulli kontent xizmatlarga ulanişi, hisob-kitoblardagi muammolar, xizmat sifati va boşqa masalalarga taalluqlidir.

Mazkur murojaatlarda, oylik abonent tölovini tölaş uçun hisobda yetarli mablağ bölmagan holda, abonentlarning roziligisiz avtomatik tarzda kunlik tarif rejasiga ulanişi, kunlik tölov yeçib olinganidan söng trafikdan foydalaniş imkoniyati berilmayotgani hamda boşqa noqulayliklar mavjudligi bildirilmoqda.

Tahlillarga köra, kunlik abonent tölovi “Yana”, “Hammasi ZÖR”, “Multi Kuch” hamda yana 10 ga yaqin tariflarda quyidagi şartlar amal qiladi:

  • Oylik abonent tölovini yeçiş paytida mablağ yetarli bölmasa, avtomatik ravişda kunlik abonent tölovi (2000 söm) yeçiladi.
  • Kunlik abonent tölovi avtomatik yeçiladi va uni rad etiş yoki öçiriş imkoniyati mavjud emas.
  • Kunlik tölov töliq amalga oşmasa, hisob minusga tuşiriladi va raqam bloklanadi. Bloklangan holatda taqdim etilgan trafikdan foydalaniş imkoniyati berilmaydi. Blokdan çiqiş uçun balansni ijobiy holatgaça töldiriş kerak.
  • Kunlik abonent tölovi, abonent hisobida oylik tölov uçun yetarli mablağ töplangunça avtomatik tarzda yeçiladi. Mablağ yetarli bölganda, oylik tölov yeçilib, töliq oylik paket taqdim etiladi. Keyingi oylik tölov muddati şu sanadan boşlab bir oyga suriladi.

Şuningdek, amaldagi (faqat yangi ulanişlar uçun) “Standart”, “Yashin”, “Aniq”, “Erkin” va “Start” tarif rejalarida ham abonent balansida bir oylik abonent tölovi uçun yetarli mablağ bölmasa, unda bir kunlik abonent tölovi yeçiladi. Kunlik tarif rejasini ixtiyoriy ravişda yoqiş yoki öçiriş, xizmatni rad qiliş imkoniyati iste’molçida mavjud emas.

Raqobat qömitasiga köra, mazkur kunlik tarif rejasining qöllanişi iste’molçilar huquqlari kamsitilişiga va bir qator qonunçilik hujjatlari talablari buzilişiga olib kelmoqda. Xususan:

  • Balansda kunlik tölov uçun mablağ yetarli bölmaganda, hisob minusga tuşirilib, raqam bloklanmoqda.