Gretsiyaning fuqarolarni himoya qilish ishlari bo‘yicha vaziri Nikos Toskas Xalqaro valyuta jamg‘armasining Parijdagi ofisida portlagan qo‘lbola portlovchi qurilma solingan paket Gretsiyadan yuborilganini tasdiqladi.
16 mart kuni XVJning Parijdagi ofisida portlash yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash paketni ochish paytida sodir bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, portlash oqibatida 66 yoshli xodim jarohat olgan.
Toskas ANT1 grek telekanalining efirida ta'kidlaganidek, Fransiya hukumati paket Gretsiyaning "Yangi demokratiya" muxolif partiyasi vakili Vasilis Kikilias nomidan yuborilganini ma'lum qilgan.
Toskasning aytishicha, u bu haqda Kikiliasni xabardor etgan.
15 mart kuni bomba solingan jo‘natma Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyblega ham yuborilgan. Bu paket ham Gretsiyadan "Yangi demokratiya" partiyasi raisi o‘rinbosari Adonis Georgiadis nomidan yuborilgan. Ushbu hodisa uchun javobgarlikni "Olovli yacheykalar fitnasi" terrorchilik guruhi a'zolari o‘z zimmasiga olgan.