Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Janubiy Koreyani yadro urushi o‘chog‘iga aylantirmoqda
Janubiy Koreya hududida Amerikaning THAAD raketa majmuasi joylashtirilishi “uning milliy manfaatlariga zid va yadro urushining Amerika o‘chog‘iga aylantirmoqda”. Bu haqda KXDRning "Nodon sinmun" markaziy gazetasida e'lon qilingan maqolada aytiladi. Nashr murakkab ichki siyosiy vaziyatda “AQSh yordamida Shimoldagi hamyurtlari bilan mojaroni kuchaytirayotgan” Seulni tanqid qilgan.
Koreya Mehnat partiyasi MQ organining ogohlantirishicha, Janubiy Koreyada THAAD majmuasi joylashtirilishiga javoban KXDR “o‘zining yadroviy “bosib turish” salohiyatini son va sifat jihatidan kuchaytirib boradi”. Gazeta janubiy koreyaliklarga “koreya millatini yadro urushiga tashlashga tayyor bo‘lgan hukumat tepasidagi xoinlarni bortdan tashqariga uloqtirishni” taklif qilmoqda.
Janubiy Koreyada THAAD RQM tizimini joylashtirish haqidagi qaror AQShning Barak Obama boshchiligidagi avvalgi ma'muriyati tomonidan 2016 yilda qabul qilingan. Vashington va Seul KXDRdagi bir necha raketa sinovlaridan so‘ng bu yo‘nalishdagi ishni tezlashtirishga qaror qilishdi. Rossiya va Xitoy esa ushbu tizimni joylashtirishga faol ravishda qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026