Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik vazir: Neft qazib olishni qisqartirish kelishuvi uzaytirilishi mumkin
OPeK tashkilotiga a'zo bo‘lgan davlatlar may oyida neft qazib olish hajmini qisqartirish haqidagi kelishuvni uzaytirishlari mumkin. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Holid bin Abdul al-Folih The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, shartnoma natijalarini ijobiy, deb baholaydi. Qayd etilishicha, OPeK davlatlari orasida kelishuvni uzaytirishga “mustahkam tayyorgarlik” bor. “Mening OPeK va undan tashqaridan bo‘lgan hamkasblarim bilan muloqotlarim, bu ajoyib natijalar yanada yaxshilanishi mumkinligini ko‘rsatdi”, - deya ta'kidlab o‘tdi al-Folih.
2016 yilning 30 noyabr kuni OPeK Venadagi yig‘ilishda o‘zining qazib olish hajmini oktabrdagi darajadan kuniga 1,2 million barrelga qisqartirish haqida kelishib oldi – 32,5 mln barrelgacha. O‘sha kuni Brent nefti narxi bir barrel uchun 3 dollardan ko‘proqqa qimmatlashdi.
10 dekabr kuni esa OPeK a'zosi hisoblanmaydigan 11 davlat o‘zining qazib olish hajmini umumiy hisobda sutkasiga 558 ming barrelga qisqartirishga rozi bo‘ldi. Kelishuv 2017 yilning birinchi yarim yilligi uchun imzolandi.
Rejaga ko‘ra, OPeKning keyingi uchrashuvi 2017 yilning 25 may kuni bo‘lib o‘tadi. Kutilishicha, unda kelishuvni yana olti oyga cho‘zish masalasi muhokama etiladi.
Mavzuga oid
07:26 / 28.02.2026
Ar-Riyodda 2 kmlik Rise Tower: sayyoradagi eng baland bino quriladi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
22:53 / 27.01.2026