Jahon | 16:17 / 17.03.2017
10680
2 daqiqa o‘qiladi

Tillerson: AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan sabri tugadi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Koreya yarim orolidagi  qurolsizlantirilgan hududga keldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Xabar qilinishicha, Tillerson AQShning bu tumanga 2012 yildan beri kelgan eng yuqori mansabli amaldoriga aylandi. Davlat kotibi amerikalik harbiylar bilan uchrashdi, shuningdek birlashgan xavfsizlik hududiga kelgan.

Tillerson Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, Tillerson «Seulning THAAD Amerika tizimini joylashtirish haqidagi kelishuvga amal qilishda davom etishi borasida kafolat olishga intiladi».

Shuningdek Tillerson KXDRga oid bayonot bilan chiqdi. 

«Albatta, biz ish harbiy mojaroga qadar borib yetishini istamaymiz, biroq agarda ular (KXDR) o‘zlarining yadro dasturlari tahdidini bizning fikrimizcha, harakatlar talab etadigan darajaga qadar kuchaytirishsa, barcha variantlar ko‘rib chiqilmoqda», - deya ma'lum qildi u Janubiy Koreya TIV rahbari Yun Byon Se bilan uchrashuv davomida.

Tillersonning ma'lum qilishicha, AQSh Pxenyanga qarshi yangi diplomatik, iqtisodiy choralar to‘plami va «xavfsizlik sohasidagi choralar»ni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «KXDRga nisbatan strategik sabr tugadi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid