Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Osiyo chempionati saralash bosqichidagi raqiblarini bilib oldi
17 mart kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo 40 mamlakat terma jamoasi G‘arbiy va Sharqiy mintaqaga bo‘lingan holda qur'ada ishtirok etdi.
Qur'a natijasiga ko‘ra, Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 termasi «D» guruhi (G‘arbiy mintaqa)dan joy olib, saralash bosqichida BAA, Livan va Nepal termalariga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi shu yilning 15–23 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U-22 termasining saralash uchrashuvlari Birlashgan Arab Amirliklarda bo‘lib o‘tadi.
Guruh bosqichida 1-o‘rinni egallagan 10 terma jamoa hamda 2-pog‘onani egallagan eng yaxshi 5 jamoa final bosqichida mezbon – Xitoyga qo‘shiladi. Agar Xitoy o‘z guruhida birinchi o‘ringa ega bo‘lsa, 2-o‘rinni egallagan eng yaxshi 6-jamoa final bosqichiga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026