Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarosi Rossiya hududiga 15ta maymunni olib kirishga urindi
O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning «Domodedovo» aeroportida mamlakat hududiga 15ta kichik maymunni olib kirishga urindi. Xoshimin-Moskva reysi yo‘lovchisi yukxonadan ikki yirik karton qutini olgan, ular «Domodedovo» aeroporti bojxonachilari e'tiborini o‘ziga tortdi.
«MK»ning bojxona matbuot-xizmatiga asosan xabar berishicha, 45 yoshli ayol qutilarda maymunlar bor ekanini bilgan, biroq hayvonlarni olib o‘tish uchun hech qanday hujjatlar kerak bo‘lmaydi, deb o‘ylagan ekan. Bundan tashqari, yo‘lovchi maymunlarni tortib olib qo‘ygan inspektorlarni tanqid qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda maymunlar halok bo‘ladi.
Ma'lum bo‘lishicha, maymunlar qafaslarda bo‘lgan, ularga esa quruq muz to‘ldirilgan hamda hayvonlar faolligini pasaytirishi lozim bo‘lgan.
Ayni damda maymunlar reabilitatsiya markaziga yuborildi. Yaqin orada ekspertiza o‘tkazilib, u hayvonlarning yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi haqidagi Konventsiya harakatlari ta'siriga tushishi borasidagi masalani aniqlab beradi.
Mavzuga oid
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
18:48 / 20.04.2026
Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonliklar soni 4,8 mingdan oshdi – OAV
20:50 / 17.04.2026