Jamiyat | 11:57 / 18.03.2017
14165
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Viloyat hokimligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, Sattarova Marhaboxon G‘ulomovna viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida, Saidov Ozodbek Maxammatjonovich viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari lavozimida ish boshladi.

Sattarova Marhaboxon G‘ulomovna

Marhaboxon Sattarova 1968 yilning 8 avgustida Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1988 yili Andijon musiqa pedagogika bilim yurtini, 2008 yili Andijon davlat universitetini tamomlagan. Shu kungacha Asaka tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i, Asaka tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan.

Saidov Ozodbek Maxammatjonovich

1984 yilning 8 yanvarida Andijon viloyati, Andijon tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2016-2017 yillarda Andijon viloyati hokimligi ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha kotibiyatining mudiri. Andijon viloyati hokimligi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyatining mudiri vazifasida faoliyat yuritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid