Jahon | 12:37 / 18.03.2017
9737
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya oltita harbiy samolyot uchun 1 milliard yevro sarflamoqchi

Foto: Flickr

Germaniya hukumati Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan C-130J Super Hercules oltita harbiy-transport samolyotini 900 mln yevroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu Fransiya bilan qo‘shma harbiy-transport bo‘linmasi tashkil etilishi doirasida amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Reuters GFR mudofaa vazirligi va moliya vazirligi hujjatlariga tayanib.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniya va Fransiya kelishuv ustida o‘tgan yilning oktabrida ish boshlagan, fevralda esa NATOning Bryusseldagi qarorgohida alyans davlatlari samolyotlar, suvosti kemalari va boshqa turdagi qurollarni harbiy xarajatlar sohasidagi harakatlarni birlashtirish maqsadida hamkorlikda xarid qilishga kelishib olishdi.

Mahkama hujjatlariga ko‘ra, mashinalarning o‘ziga 900 mln yevro beriladi. Yana 110 mln yevro Lockheed Martin’ga ularga xizmat ko‘rsatish va aviatrenajyorlar infratuzilmasini qurish uchun to‘lanadi.

Agentlikning ta'kidlashicha, GFR moliya vazirligi samolyotlarni xarid qilish bo‘yicha murojaatni 2019 yilda yuboradi. Fransiya esa to‘rtta C-130J’ga buyurtma berdi va GFR bilan hamkorlikdagi bo‘linma uchun yana ikkita samolyotni xarid qilishni rejalashtirgan. Bo‘linma Fransiyaning Evryo shahri yaqinida 2021 yildan boshlab o‘z faoliyatini olib boradi.

Mavzuga oid