Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada rekord darajada meksikalik muhojirlar ushlandi
Kanada chegara xizmatlari boshqarmasi (CBSA) 2017 yil boshidan rekord darajadagi meksikaliklarni qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning ilk 67 kuni mobaynida (1 yanvardan 8 martgacha) kanadalik chegarachilar 444 nafar meksikalikni qo‘lga olgan. O‘tgan yili yil davomida jami 410 nafar meksikalik qo‘lga olingani e'tiborga olinsa, holat keskin o‘zgarganini anglash qiyin emas.
Agentlik muhojirlar oqimining kuchayishini 2016 yil dekabrida Kanada va Meksika o‘rtasida viza tartibining bekor qilinishi bilan izohlamoqda. AQShda muhojirlik tartiblarining kuchaytirilishi ham bunga ta'sirini ko‘rsatgan.
CBSA xodimlari jamiyat uchun xavfli deb hisoblagan, shaxsi aniqlanmagan, avvalroq mamlakatdan chiqarib yuborilgan yoki sud ishi ochilgan kishilarni ushlashi mumkin.
Mamlakat fuqarolik va migratsiya masalalari bo‘yicha vaziri Ahmad Husan chegaradagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:48 / 23.05.2026