Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari Xitoyda ta'lim oladilar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari Sharqiy Xitoy pedagogika universitetida ta'lim oladilar, deb xabar bermoqda "Jahon" yangiliklar agentligi.
Shanxayda Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamfikrlik haqidagi memorandum imzolanishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbir talabalar va professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan almashish, tadqiqot materiallarini chop etish, o‘zaro ilmiy konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish ishida ikki oliy ta'lim muassasasining hamkorligiga turtki berdi.
Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy rivojlanish instituti direktori o‘rinbosari Bey Venlining fikricha, memorandumning imzolanishi "Xitoy va O‘zbekistonning ta'lim sohasida aloqalarni chuqurlashtirishga o‘zaro intilishidan" guvohlik beradi.
Mavzuga oid
08:55
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026