Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij aeroportidagi hujum terakt sifatida tergov qilinadi
Parij prokurori Fransua Molensa Parijning Orli aeroportidagi harbiy patrulga hujum uyushtirgan erkak haqidagi ma'lumot bo‘lib o‘tgan voqeani terakt sifatida tergov qilishga imkon beradi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Birinchidan, Sentinelle operatsiyasi doirasida xavfsizlikni ta'minlovchi harbiylarning
nishon sifatida tanlanishi jihodchilar tashkilotining tavsiyalariga mos keladi", deb aytdi Molensa.
Uning aytishicha, jinoyatchining turmada o‘tirgan vaqtida radikallashgani va jinoyatni sodir etayotganda diniy xarakterdagi so‘zlarni aytib baqirgani ham tergovni hujum terakt ekanligi haqida o‘ylashga undamoqda.
Avvalroq aeroport faoliyati hujumdan keyin yana boshlangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
23:08 / 21.05.2026