Perudagi toshqinlar qurbonlari soni 72 nafargacha oshdi
Peruda yuz berayotgan kuchli toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 kishigacha oshdi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Avvalroq yomg‘irlar boshlangandan keyin toshqinlar oqibatida 67 kishi halok bo‘lgani, 115 mingta imoratga shikast yetgani, 117 ta ko‘prik va ming kilometrdan ko‘proq yo‘l barbod bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yangi qurbonlar haqida mamlakat bosh vaziri xabar bergan. Peru hukumatining ta'kidlashicha, hozirgi toshqinlar oxirgi 20 yil ichidagi eng yiriklari bo‘lmoqda. 1998 yilda shunga o‘xshash yomg‘irlar davrida 374 kishi halok bo‘lgan.
17 mart kuni Peru prezidenti Pedro Kuchinski tiklash ishlariga zudlik bilan 2,5 mlrd sol (766 mln dollar) ajratilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
14:22 / 16.11.2024
Peruda Xitoy sarmoyasiga qurilgan megaport ochildi
18:24 / 04.11.2024
Peruda futbolchi o‘yin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi
21:55 / 22.10.2024
Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledo pora olgani uchun 20 yilga qamaldi
23:36 / 11.10.2024