Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daraxtdagi sharsimon uychalar bolalikdagi orzularingizni ro‘yobga chiqaradi
Kanadalik me'mor Tom Chadli Free Spirit Spheres — daraxtdagi sharsimon uychalarni yaratayotganida bolalikdagi orzusi haqida o‘ylagan bo‘lsa kerak. Yuqori qulaylikdagi «batiskaflar» Kanadaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Vankuver orolidagi o‘rmonda osig‘liq. Big Picture ushbu ertaknamo mehmonxonaning suratlari va u haqidagi ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.

Shisha toladan yaratilgan va tabiiy kedr panellari bilan sirlangan uychalar yer ustidan to‘rt metr masofada joylashtirilgan. Uychaga daraxt atrofida o‘ralgan atmosferali zina olib chiqadi.


Interer elementlari qizil daraxt va tik (issiq mamlakatlarda o‘suvchi yog‘ochi qattiq daraxt)dan ishlangan. Dizaynerlar uch metr diametrli sharga karavot, stol va hatto mitti oshxona sig‘dirishning uddasidan chiqishdi. Qulayliklar va dush uchun esa pastga tushishga to‘g‘ri keladi - u yerda hamma kerakli narsalar bor.



2006 yilda, mehmonxona endigina ochilgan paytda mehmonlarga bir va ikki o‘rinli nomerlar taklif qilingan. Hozirga kelib esa, uch o‘rinli to‘r belanchakli nomerlar ham xizmat ko‘rsatadi. Bu mehmonxonada bir kun yashash - 175-300 dollarga tushadi.



Mavzuga oid
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
08:49 / 19.05.2026