Jahon | 22:12 / 20.03.2017
8560
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: XVJ mablag‘lari Kiyevga havodek zarur

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Mintaqaviy taraqqiyot kengashi yig‘ilishida Xalqaro valyuta jamg‘armasining 1 mlrd dollarlik transhi Kiyevga havodek zarurligini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" telekanali xabar bermoqda.  

"Bu bizga havodek zarur bo‘lgan 1 mlrd dollargina emas, balki u bilan bog‘liq Yevropa Ittifoqining makromoliyaviy yordami hamdir. Biz bunda ham barcha mezonlarni bajardik va Yevropa Ittifoqining mablag‘lari XVJ mablag‘lari ortidan Ukraina milliy bankiga tushadi. Bu esa qo‘shimcha 600 mln yevro mablag‘", deb aytgan Poroshenko.

Poroshenkoning aytishicha, XVJ mablag‘lari "aniq loyihalar, infratuzilmani qurishdan tortib energiya tejashgacha bo‘lgan masalalarni hal qiladigan hududiy birlashgan jamoalarga" yo‘naltiriladi. 

Avvalroq Poroshenko XVJning Kiyevga 4-transhning ajratilishi masalasini ko‘rib chiqishni keyinga ko‘chirishi Donbass blokadasi bilan bog‘langanini aytgandi. 

Mavzuga oid