Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya “DXR” va “LXR” pasportlarini Ukraina hujjatlariga tenglashtirdi
Rossiyada Ukrainaning o‘zlarini xalq respublikalari deb e'lon qilgan Donetsk va Lugansk viloyatlari pasport egalariga nisbatan Ukraina fuqarolariga qo‘llaniladigan migratsiya qoidalari amal qiladi. Bu haqda «Novyye izvestiya» nashri xabar qilmoqda.
Gazetaning yozishicha, bu axborotni Rossiya OAVdan biriga Davlat dumasidagi manbalar, RF IIV migratsiya boshqarmasi vakili, Prezident huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha kengash a'zosi va “LXR” vakili ham tasdiqlagan.
«Biz “DXR” va “LXR” fuqarolari har 90 kunda Rossiyani tark etishi kerakligini bilib, hayron bo‘ldik. Odamlar bu haqda bilishmas edi», — deya parlamentning quyi palatasi a'zosining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Novyye izvestiya» nashri. Boshqa deputatning aniqlik kiritishicha, farmon ijrosidan so‘ng, qonunosti hujjatlari qayta ishlanmagan.
17 mart kuni Rossiyaning YeXHTdagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich Moskva “DXR” va “LXR” pasportlarini tan olish qarorini bekor qilishi mumkinligi, buning uchun Kiyev ma'muriyati Minsk kelishuvlarini bajarishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
10:55 / 10.04.2026