Toshkent aeroportida ushlangan isroillik sobiq harbiy qo‘yib yuborildi
Toshkentda yukida 13ta o‘q bo‘lgani uchun qo‘lga olingan isroillik 12 kundan so‘ng qo‘yib yuborildi. U bugun, 20 mart kuni Isroilga qaytib ketadi, deb xabar qilmoqda Isroilning IzRus portali.
Avvalroq u Isroil mudofaa armiyasi – SAXALda askarlik muddatini yakunlab, Tailandga dam olishga ketayotgan isroillik askar bo‘lgani hamda Toshkentdan tranzit orqali uchmoqchi bo‘lganida yuklaridan 13ta o‘q topilgani xabar qilingandi.
«Isroil TIV vakillarining O‘zbekiston rahbariyati bilan muzokaralari deyarli ikki hafta davom etdi, unda isroilliklar gap xato haqida ketganiga ishontirishmoqchi bo‘ldi. Bu vaqt davomida qo‘lga olingan shaxsni Isroilning Toshkentdagi konsuli borib ko‘rdi», - deyiladi nashr materialida.
Ta'kidlanishicha, bu O‘zbekiston bilan bog‘liq birinchi shunday holat emas. 2010 yilning yanvarida Toshkent aeroportida 21 yoshli isroillik qiz qo‘lga olingandi, uning sumkasida M-16 avtomatining o‘qlar bo‘lgan o‘qdoni topilgandi.
Yagudayeva o‘z dugonasi bo‘lgan harbiy xizmatchidan katta armiya sumkasini vaqtinchalik muddatga olib turgan va ichida nima borligi bilan qiziqib ko‘rmagan. O‘shanda TIV rahbari Avigdor Libermanning aralashuvi tufayli Yagudayeva uch kundan so‘ng ozod etilgandi.
Mavzuga oid
21:10 / 17.11.2024
Turkiya Isroil prezidentining samolyotini o‘z havo hududiga kiritmadi - OAV
20:12 / 17.11.2024
Isroil zarbasi oqibatida «Hizbulloh» matbuot kotibi halok bo‘ldi
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024