Jazirama issiq şaroitida elektr tarmoqlariga yuklama oşişi ortidan, 17 iyul kuni soat 14:30 holatiga Toşkent şahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatiş tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga köra, buning oqibatida Olmazor, Yakkasaroy, Çilonzor, Yunusobod, Yaşnobod, Mirzo Uluğbek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8 250 ta iste’molçi elektr ta’minotidan vaqtinça uzilgan.

Maxsus brigadalar nosozliklarni bartaraf etiş ustida işlayapti. Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söragan.

Çilonzorda ahvol ayniqsa çatoq

Jamoatçilik faoli Şuhratbek Qurbonov tomonidan yaratilgan Chiroqyoq.uz saytidagi xaritaga qaraganda, uzilişlarning eng katta qismi Çilonzor tumaniga töğri keladi.

Çilonzor tumani elektr tarmoqlari korxonasi soat 10:24 da bergan xabarda (mazkur xabar soat 14:33 da ham takroran joylangan) uzilişlarga nomi keltirilmagan podstansiyadagi avariya sabab bölgani aytilgan.

Uşbu tuman ETKning soat 10:32 dagi boşqa bir xabarida esa (mazkur xabar soat 14:18 da qayta joylangan), GES-9 podstansiyasida yuqori yuklama yuzaga kelgani sababli avariyaviy holatlarning oldini oliş maqsadida Çilonzor tumanidagi “Umid” taqsimlaş punktidan (RP) çiquvçi yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoği öçirilgani ma’lum qilingan.

Şu munosabat bilan Çilonzor tumanining 5-, 6-, 7-, 8-kvartallari hamda Bunyodkor, Şarq tongi, Muqimiy, Navbahor va Qatortol köçalarida elektr energiyasi ta’minotida uzilişlar yuzaga kelgan.

Elektr korxonasi ta’minotni tez fursatlarda qayta tiklaşini aytib, noqulayliklar uçun uzr söragan.

Çilonzor hokimligi soat 16:12 da bergan