«Özbekiston temiryöllari» AJ ma’lum qilişiça, 2026 yil 18 iyuldan boşlab Toşkent – Bekobod – Toşkent şaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanadi.

Yangi elektropoyezdda konditsioner tizimi, USB quvvatlantiriş portlari, qulay va zamonaviy örindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi örnatilgan. Şuningdek, imkoniyati çeklangan yölovçilar uçun maxsus çiqiş-tuşiş moslamalari va alohida örindiqlar ham mavjud.

Qatnov jadvaliga köra, 7050-sonli poyezd Toşkent Markaziy vokzalidan soat 18:34 da yölga çiqib, Bekobodga 21:38 da yetib boradi. 7049-sonli poyezd esa Bekoboddan soat 06:00 da jönab, Toşkent Markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.

Çipta narxi kattalar uçun 15 ming söm, bolalar uçun esa 9 ming söm etib belgilangan.

Çiptalarni temiryöl kassalari hamda elektron platforma orqali xarid qiliş mumkin.