Toşkent aeroportida yuklari orasida patronlar bor bölgan şaxs qölga olindi. Isroildagi IzRus portalida xabar qilinişiça, u Isroil mudofaa armiyasi – SAXALda askarlik muddatini yakunlab, Tailandga dam olişga ketayotgan isroillik askar bölgan.

Toşkentdan tranzit orqali uçmoqçi bölgan bu sobiq askarning yuklari samolyotga ötirişi arafasida tekşirilganda undan 13ta öq topilgan.

U ayni vaqtda Toşkent aeroportining vaqtinçalik saqlaş izolyatorida saqlanmoqda. Isroilning Özbekistondagi konsuli qölga olingan fuqaro holidan xabar olgan. 

Voqea yuzasidan suruştiruv işlari olib borilmoqda.

«Isroil TIV hibsga olingan askarga yordam körsatişga urinmoqda», deyilgan xabarda.