Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Sudanda falokatga uchragan samolyotdagi barcha odamlar tirik qolganlar
Janubiy Sudanda falokatga uchragan samolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a'zolari tirik qoldilar, deb xabar bermoqda voqea yuz bergan Vau shahri aeroporti vakiliga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Avvalroq bir qator OAV samolyotdagi barcha 44 kishi halok bo‘lganini taxmin qilgan. "Frans Press" axborot agentligining ma'lum qilishicha, falokat oqibatida 14 kishi jarohat olgan. Ular shifoxonaga yetkazilganlar.
Aeroport boshqaruvchisi Stiven Yungule samolyot qo‘nish polosasiga tegib, so‘ngra yerga urilib, yonishidan oldin bir sakrab ketganini aytgan. Bunda samolyot eshiklari ochiq holda bo‘lgan va bu qutqaruvchilarga barcha odamlarni tezlikda qutqarishga imkon bergan.
Falokatga uchragan samolyot South Supreme Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan va Vauga Janubiy Sudan poytaxti Jubadan kelayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida ikki xorijlik – xitoylik va Eritreya fuqarosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026