Sport | 09:09 / 21.03.2017
6056
1 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» Fransiya termasi hujumchisi bilan kelishuvga erishdi

«Atletiko» bosh direktori va asosiy aksiyadori Migel Anxel Xil Marin «Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan uning Madrid klubiga yozda o‘tishi haqida dastlabki kelishuvga erishdi. 

COPE ma'lumotiga ko‘ra, muzokaralar fevralda bo‘lib o‘tgan, ularda «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann ham faol ishtirok etgan. U Lyakazettning Fransiya termasi bo‘yicha sherigi sanaladi.

Ma'lumot uchun, Lyakazett joriy mavsumda Liga 1’da 24 bahsda 23ta gol kiritdi va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid