Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissar: Turkiya Yevroittifoqdan uzoqlashib bormoqda, u o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak
Turkiya borgan sayin Yevropa Ittifoqidan uzoqlashib bormoqda, Anqara o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi kerak, aks holda Yevropa Ittifoqi (YeI)ga a'zolik noreal bo‘ladi. Bu haqida Yevropaning qo‘shnichilik siyosati va kengayishga oid muzokaralar bo‘yicha komissari Yoxannes Xanning bayonotiga asoslanib, TASS ma'lum qildi.
"Avval boshdanoq bu ochiq natijali muzokaralar bo‘lishi ma'lum edi, - dedi u. - Turkiya borgan sayin YeIdan uzoqlashib bormoqda. Agar u tez orada o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, u holda Yevroittifoqqa a'zolik tobora noreal bo‘lib boradi".
Xan bir vaqtning o‘zida "Turkiya - bu Erdo‘g‘an emas, kirish jarayoni doim butun bir jamiyatni qamrab oladi", deb aytdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, "tinchlikparvar va yevropaparast turklar hozirgi vaqtda o‘z so‘ziga ega bo‘la olmayotgani taassuf uyg‘otadi". Shuningdek yevrokomissar Turkiyaning rejasidagi konstitutsiyaga tuzatishlar kiritishga doir referendum - "bu Yevropadan chekinish"dir.
Xan mamlakatning YeIga qo‘shilishiga doir muzokaralarni to‘xtatish imkoni haqida gapirar ekan, dekabr oyida muloqotni davom ettirish tarafdorlari bo‘lgan Yevroittifoq a'zolari bo‘lgan davlatlar shunday qaror qabul qilayotganiga ishora qildi. "So‘nggi voqealar asosida istalgan paytda vaziyat qayta baholanishi mumkin. Qolgan gap YeIga a'zo-mamlakatlarda", - dedi u.
Xanning fikricha, muzokaralarni jonlantirish uchun turk tomoni "qonun ustuvorligini ta'minlash yuzasidan sezilarli yutuqlar"ga erishishi lozim. "Eng avvalo, huquq-tartibot organlari mustaqilligini kafolatlash kerak", - deya ta'kidladi yevrokomissar.
Mavzuga oid
13:45
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
18:51 / 27.11.2025
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklashga chaqirdi
13:41 / 24.11.2025