Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda 83 yoshli erkak tez tibbiy yordam mashinasini olib qochdi
83 yoshli amerikalik erkak Nyu-York shtatining Long-Aylend shahridagi shifoxonani tez tibbiy yordam mashinasida "tark etdi". Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda.
Qizig‘i, qariya mashinani olib qochgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Donald Rinkler ismli bu erkak shifoxonadagi qarovdan norozi bo‘lib, 21 martga o‘tar kechasi undan chiqib ketgan. Tergovchilarning aytishicha, erkak shifoxona avtoturargohidan tez tibbiy yordam mashinasini olib qochgan. Mashinaning kaliti ichida bo‘lgan.
Keyinroq politsiyachilar erkakni yaqin oradagi supermarketda topishgan. Qariya qilmishini tan olgan.
Rinkler hibsga olinib, shifoxonaga qaytarilgan. Unga 3 ming dollar miqdorida garov puli belgilangan.
Mavzuga oid
16:08
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32
“Inklyuzivlik”ka stop: AQSh 30 mlrd dollarlik mablag‘ni bloklashi mumkin
13:54
O‘zbek diplomatlari Pensilvaniyadagi vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi
10:41