Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq ta'limi vazirligi «Nestle O‘zbekiston» bilan hamkorlikda ta'lim loyihasini amalga oshirdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi navbatdagi ta'lim loyihasini amalga oshirishni yakunladi. Uning doirasida bolalar inson organizmidagi suv balansi, gigiyena qoidalari va suv zaxiralarini asrash haqidagi o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
2017 yilning fevralida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining «Nestle O‘zbekiston» QK bilan hamkorlikdagi ta'lim loyihasi boshlandi. U Toshkent va respublikaning boshqa qator mintaqalaridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari 1-9 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Bu ta'lim tashabbusining maqsadi – o‘sib kelayotgan avlodning suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha bilimini oshirishdir.
Loyiha doirasida qator ta'lim darslari o‘tkazildi va «Nestle O‘zbekiston» QKning gazlanmagan ichimlik suvi tarqatildi. Loyiha Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Uchko‘prik tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.01.2026
Hindistonda ifloslangan ichimlik suvi tufayli 9 kishi vafot etdi
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
17:22 / 13.11.2025
“EKO NOM” va “Novator” rusumli suv hisoblagichlar bo‘yicha izoh berildi
21:29 / 11.11.2025