Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi maktabda ro‘y bergan tiqilinch tufayli ikki o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi
Xitoyning Xenan viloyatidagi maktabda yuz bergan tiqilinch oqibatida ikki o‘quvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan ertalabki sakkizlarda ro‘y bergan (Toshkent vaqti bilan 5.00). Maktab o‘quvchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, o‘quvchilar hojatxonaga ketishayotganida u yerning tashqi devori qulagan. Bu bolalarda vahima keltirib chiqardi.
Fojianing aniq sabablari aniqlashtirilmoqda. 20dan ortiq maktab o‘quvchisi jarohatlandi, ular kasalxonaga olib ketildi.
Favqulodda holatni maxsus tashkil etilgan komissiya tekshiruvdan o‘tkazadi.
Mavzuga oid
20:07
Buyuk Britaniya va Xitoy o‘zaro munosabatlarda «qayta tiklanish» davrini boshladi. Bu Trampga yoqmayapti
18:37
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
18:03 / 29.01.2026
Xitoy kompaniyasi Samarqandda qog‘oz zavodini quradi
16:43 / 29.01.2026