Xitoydan Özbekistonga import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarida ösimliklar karantini obektlari muntazam ravişda aniqlanmoqda, şu sababli ularning importiga vaqtinçalik taqiq örnatildi. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Taqiq qaçondan boşlangani va qaçon tugaşi haqida xabarda ma’lumot berilmagan.
Qayd qilinişiça, namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida eskpertizadan ötkazilgan. Tahlil natijalariga köra, ularda Tsitrus oq-qanoti (Dialeurodes citri Ashmead), Şarq sitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana), Ananas unsimon qurti (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantinosti zararkunandalar aniqlangan. Mazkur turdagi zararli organizmlar 20 ga yaqin yukda topilgani ma’lum böldi.Zararlangan mahsulotlar töğrisida Xitoyning ösimliklar karantini va himoyasi böyiça milliy taşkiloti xabardor qilingan. Taqiq davrida Xitoydan olib kirilayotgan mandarin va ananasga karantin ruxsatnomasini rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatiladi.

















