Xitoyning «Huanrong Paper» kompaniyasi Samarqand viloyatida zamonaviy qoğoz va karton işlab çiqariş zavodi qurişni rejalaştiryapti, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Kompaniya vakillari Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev bilan bölib ötgan uçraşuvda mazkur investitsiya loyihasini muhokama qilişdi.
Loyihaning umumiy qiymati 500 mln dollar bölib, beş bosqiçda amalga oşirilişi közda tutilgan. Buning uçun 50 gektardan ortiq yer maydoni talab etiladi. Hozirda Urgut erkin iqtisodiy zonasining «Xişrav-2» massivida joylaşgan yer uçastkalari potensial hudud sifatida körib çiqilyapti va yaqin vaqt içida auksion savdosiga qöyilişi rejalaştirilgan.
Zavod Markaziy Osiyoda yagona bölişi, loyiha doirasida taxminan 3 mingta yangi iş örinlari yaratilişi aytilyapti. Davlat budjeti hisobiga esa yiliga 50-60 mln dollar soliq tuşumlari tuşişi kutilyapti.








