Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonga boradi. Tomonlar qator ikki tomonlama hujjatlar va tijoriy bitimlarni imzolashni rejalashtirishgan. Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari muhokama etiladi.
Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev 2016 yil 5 dekabrda O‘zbekiston rahbariga davlat tashrifi bilan kelishni taklif qilgan edi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu tashrif yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo mazmunga ega bo‘lgan ko‘plab hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan. Bu o‘zbek-qozoq hamkorligini yangi darajaga olib chiqishi kerak.
Mirziyoyev matbuot xizmatiga ko‘ra, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari davlat rahbarlarining e'tiboridan chetda qolmaydi.
"Davlat rahbarimizning Ostonaga safari doirasida O‘zbekistonning milliy sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining qo‘shma biznes-forumini o‘tkazish rejalashtirilgan", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
"O‘zbek delegatsiyasi tarkibida iqtisodiyotning yengil, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, kimyo, tog‘-kon va neftgaz sanoati vakillari bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston davlat rahbari Qozog‘istonga tashrifi arafasida "Kazinform" davlat axborot agentligiga o‘zining ilk intervyusini berdi. Mirziyoyevning qayd etishicha, Qozog‘iston O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Biroq, ikki mamlakat ko‘plab salohiyatlaridan foydalanmayapti.
O‘zbekiston tomonining statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2 mlrd dollardan oshgan, 2017 yilda bu raqamni 2,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026