Jahon | 13:56 / 23.03.2017
5804
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yevropani AQShdan mustaqilroq bo‘lishga chaqirdi

GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning fikricha, Yevropa Qo‘shma Shtatlardan mustaqilroq bo‘lishi kerak. U bu haqda Rheinische post gazetasida e'lon qilingan maqolasida yozdi.

"AQSh va NATO bilan sheriklik transatlantika hamjamiyati asosi sanaladi, biroq Yevropa ittifoqi o‘ziga qo‘shni yerlarda paydo bo‘ladigan inqiroz va mojarolarni o‘zi hal qilishga qodir bo‘lishi kerak", - deya ta'kidlab o‘tdi Gabriel.

TIV rahbarining fikricha, YeI barcha inqiroz va kuchsizlanishlarga qaramay, - bu “erkinlik, tinchlik va farovonlikka oid eng muvaffaqiyatli loyihadir”.

Mavzuga oid