Qirg‘izistonda investitsion viza olish jarayoni yengillashtirildi
Qirg‘izistonda investitsion viza olish jarayoni yengillashtirildi. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligidagi matbuot-anjumanda ma'lum qilindi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avval investitsion viza olish uchun Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kamida 35 mln som sarmoya qilish kerak edi. Hozirda bu qiymat 10 mln som qilib belgilandi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi konsullik xizmati departamenti boshlig‘i Erkin Asangulovning ma'lum qilishicha, Qirg‘izistonda 5 apreldan mamlakatga kirishga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va berish tartibining yangi yo‘riqnomasi amal qila boshlaydi. Hujjat Qirg‘izistonga xorijliklarning kelishi, migratsiya siyosatini reglamentlashtirish va terrorchilik xavfi oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining qo‘shimcha qilishicha, yangi yo‘riqnomaga ko‘ra, yagona viza stikeri amal qiladi. Ta'kidlanishicha, vizaning o‘rtacha narxi 50 dollarni tashkil qiladi. Xorijda yashovchi qirg‘izlarni kelgusida ushbu konsullik yig‘imlaridan to‘liq ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024