Toshkent shahrida bir haftada qidiruvdagi 33 kishi qo‘lga olindi
2017 yilning 17 mart kunidan 23 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida amaliy choralar ko‘rish davom ettirildi. O‘tgan bir hafta o‘tkazilgan ishlar natijasi haqida Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oy boshidan buyon 90ta, hafta davomida 19ta jinoyat fosh etilgan. So‘nggi haftada: 1ta qotillik, 2ta bosqinchilik, 1ta talonchilik, 1ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 8ta o‘g‘irlik, 5ta firibgarlik, 1ta ma'muriy qoidani buzish jinoyatlarini tashkil etgan.
Oy boshidan beri 145 nafar, hafta davomida esa 33 nafar – qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlanib, ularga nisbatan javobgarlik muqarrarligi ta'minlangan.
Hafta davomida mulkiy turdagi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida,
102 xonadon va 66ta obekt qo‘riqlov tizimiga ulangan, 207 obektga avtonom signalizatsiya o‘rnatilgan, 252ta obektga videokameralar o‘rnatilgan.
Hafta davomida 6 nafar jinoyatchi tomonidan Toshkent shahriga 34,63 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini olib kirayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
-
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
O‘zbekiston | 08:07
Mavzuga oid

18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi

21:03 / 31.01.2025
«Antiterror-tozalash» tadbirlarida 169 nafar shaxs qamoqqa olindi

16:03 / 25.01.2025
Bank xodimasiga nisbatan jurnalist surishtiruvi o‘tkazgan telekanal muxbiri IIBga chaqirtirildi

11:52 / 22.01.2025