Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahar IIO FMB profilaktika inspektori sobiq içki işlar xodimining tizimga qayta işga tiklanişiga mansabdor tanişlari orqali yordam berişini aytib, buning evaziga 7 ming AQŞ dollari talab qilgan. U mazkur pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Namangan viloyati Çust tumani IIB profilaktika inspektori fuqaroga nisbatan kelib tuşgan murojaatni körmasdan qoldirganligini rökaç qilib, undan 2 ming AQŞ dollari talab qilgan. U avval 700 dollar olgan bölib, qolgan 1300 dollarni hamda kelgusida davlat çegarasi orqali çorva mollarini noqonuniy olib ötişda kömaklaşiş evaziga yana 2 ming dollar söragan.
DXH, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda inspektor navbatdagi pul mablağini olayotgan vaqtda qölga olingan.
Har ikki holat yuzasidan tegişli moddalar bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan korrupsiya va boşqa qonunbuziliş holatlariga duç kelganda bu haqda tegişli organlarga xabar beriş söralmoqda.
Pora talab qilgan profilaktika inspektorlari qölga olindi
13:28 / 11.06.20269 9892 min
Davlat xavfsizlik xizmati hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda Samarqand va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritgan ikki nafar profilaktika inspektorining korrupsiyaviy harakatlariga çek qöyildi.












