JAR prezidenti Jyeykob Zuma aparteid rejimi qulaganidan keyin 23 yil ötgan bölsa-da, mamlakatda hali-hanuz irqçilik belgilari mavjudligini tan oldi va bunga qarşi qonuniy kuraş olib boriş niyati haqida ma'lum qildi. TASS agentligi şu haqida xabar berdi.
"Afsuski, irqçilik mafkurasi bizning jamiyatimizdagi ba'zi odamlar orasida mustahkam örnaşib olgan. U inson huquqlari buzilişining eng jirkanç körinişini namoyon etadi", - dedi u JARdagi Inson huquqlari kuniga bağişlangan tadbirda.
"Qora tanli fuqarolar boşqa irqiy guruhlar bilan tengligini his qilişi kerak. Ular özlarining ikkinçi darajali emas ekanliklarini anglagan hamda oq tanlilar özlarini eng yuqori irq vakillari deb hisoblamagan taqdirdagina haqiqiy erkinlikka erişiladi", - dedi Zuma va umuman olganda janubiy afrikaliklar irqçilikni qoralaşlarini ta'kidladi.
Uning sözlariga köra, adliya vazirligi irqçilikka qarşi milliy reja ustida işlarini yakunlamoqda. Şuningdek irçilikka oid bayonotlarga yöl qöyilmasligi uçun maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda.
Milliy kongressning JARda hukmronlik qilayotgan Yoşlar ligasi hukumatni irqçilik körinişlari uçun 10 yildan kam bölmagan muddat belgilaşga çaqirdi.
Bundan taşqari, Zuma qora tanli aholi orasida işbilarmonlikni rivojlantirişni közda tutuvçi iqtisodiy özgarişlarga çorladi.
JARda aparteid rejimi qulaganidan keyin ham aholining 8 foizini taşkil qiluvçi oq tanlilar biznesda ustunlik qilişda davom etişmoqda. Ularning xöjaliklari daromadlari qora tanlilar kirimlaridan beş karra köpdir. Qişloq xöjaligida ham oq tanli fermerlar ustunlik qilib kelmoqda.
Uning ta'kidlaşiça, Yoxannesburg fond birjasida röyxatdan ötgan kompaniyalarning atigi 10 foizigina qora tanli kişilarga tegişli. Firmalar boşqaruvidagi oq tanli menejyerlar 72 foizni taşkil qiladi. "Bunday adolatsiz vaziyatni özgartiriş kerak", - dedi prezident.












