21 dekabrga ötar keçasi JARning Yoxannesburg şahri çekkasidagi barda noma’lum şaxslar guruhi tomonidan öt oçilgan. Agence France-Presse agentligi politsiya ma’lumotiga asoslanib xabar berişiça, hujum oqibatida töqqiz kişi halok bölib, yana ön kişi turli darajada tan jarohatlari olgan.
Hujum uyuştirganlar soni önga yaqin bölgan, ular ikkita maşinada kelişgan, bar mijozlariga qarata tartibsiz öq uzişgan, şundan söng voqea joyidan ğoyib bölişgan. Ularning motivlari noma’lum.
Bu JARda sönggi bir oy içida sodir bölgan ikkinçi ommaviy otişmadir. 6 dekabr kuni noma’lum şaxslar mamlakat poytaxti Pretoriya çekkasidagi hostelda otişma uyuştirişi oqibatida 12 kişi halok bölgandi.
JAR – qasddan odam öldiriş holatlari böyiça dunyodagi eng yuqori körsatkiçga ega davlatlardan biri. 64 million aholiga ega mamlakatda har kuni 60 dan ortiq odam şunday hujumlar qurboni böladi.

















