Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Ja'fariy: Suriyadagi teraktlar muzokaralarni barbod qilishga qaratilgan
Suriyada sodir etilayotgan teraktlar Ostona va Jyenevadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarni barbod qilishga qaratilgan. Bu haqda Suriya hukumatining Jyenevadagi muzokaralardagi delegatsiyasi boshlig‘i Bashar Ja'fariy aytdi.
"Barcha teraktlar bir maqsadga ega: ulardan maqsad Ostona va Jyenevadagi muzokaralarni barbod qilishdir", deb aytdi Ja'fariy.
Uning aytishicha, barcha teraktlar diplomatik va siyosiy jarayonlarga putur yetkazishga qaratilgan. "Shuning uchun barcha davlatlar Ostona va Jyenevadagi siyosiy jarayonga sodiq bo‘lishlari kerak", deb qo‘shimcha qildi Suriya vakili.
Bugun, 24 mart kuni Jyenevada Suriya bo‘yicha muzokaralarning 5-raundi boshlandi.
Suriya ixtilofini tartibga solish bo‘yicha Ostonada 15 mart kuni o‘tgan oliy darajadagi navbatdagi muzokaralar Suriya qurollangan muxolifati vakillarisiz o‘tgandi. Ostonadagi keyingi uchrashuv 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:25 / 22.06.2026
Saida Mirziyoyeva «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan tanishdi
22:10 / 21.06.2026
Eron Tramp tahdidlaridan so‘ng muzokaralarni davom ettirishdan bosh tortdi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
18:05 / 12.06.2026