AQŞ va Isroil birgalikda Eron Islom Respublikasiga 28 fevralda hujum qilganidan buyon, şu kunga qadar Donald Tramp jami 38 marta “Biz Eron bilan kelişuvimizga juda oz qoldi” deb aytgan. Amalda esa sönggi kunlarda tomonlar yana qaytadan eskalatsiya tomon ketayotgandek bölyapti.
Yaqinda Eron AQŞning Apache rusumli harbiy vertolyotini urib tuşurdi. Askarlar qutqarilgan, heç kim ölmagan yoki jarohatlanmagan. Bunga javoban AQŞ ham “biz javob zarbalari beramiz” deya, Eronning Bandar-Abbos şahri atrofidagi yigirmaga yaqin nişonlarga hujum qilgan. Eron tarafi esa, bu hujumlarni yutmaslik, “qörqib qolgandek” körinmaslik uçun Bahrayn, Iordaniya va Qatardagi Amerika obektlariga hujum qilgan.
Mana şu fonda AQŞ va Eron muzokaralari uzilmagan, aksinça, yanada jadallaşgan. New York Times gazetasining ma’lum qilişiça, tomonlar örtasidagi muzokaralar markazida Eronning yadro dasturi turibdi. Gazetaning yozişiça, tomonlar kelişuvga ança yaqin va quyidagi nuqtalar borasida ma’lum kelişuvlarga erişilgan:
Eron özining uranini 15 yil mobaynida boyitmasligi kerak. AQŞ 20 yil söragan, Eron 10 taklif qilgan, örtada 15 yilga kelişilgan.
Boyitilgan uran Eronning özida qolişiga AQŞ rozi bölgan. Biroq, AQŞ talabi bilan Erondagi uçta uranni boyitiş markazlaridan faqat bittasi qolişi kerak, u ham bölsa – Isfahon. Fordo va Natanz uranni boyitiş markazlarini yopiş talab qilinyapti.
Isfahondagi uranni boyitiş markazi faoliyati xalqaro taşkilotlar, jumladan, AEXA nazorati ostida amalga oşirilişi kerak, biroq bu markaz yerning ostidan yerning ustiga olib çiqilişi talab qilinmoqda. Tabiyki, bunga Eron qarşi, AQŞ esa bu markazni zarurat bölganda bombalaş oson bölişi uçun şunday şart qöyayotgani ma’lum.
Eronga Isfahondagi yadroni boyitiş markazi qoldirilişidan maqsad – rasmiy Tehron öz xalqiga “biz uranni boyitiş huquqini saqlab qoldik – ğalaba qildik” deyişi uçun.
Kelişuv punktlaridan körinadiki, tomonlar kompromiss izlamoqda. Eron AQŞning imkoniyatlari çeklanib borayotganini his qilmoqda va muzlatilgan mablağlar qaytarilişi, sanksiyalar yeçilişi kabi iqtisodiy şartlarni qöymoqda. Bu şartlarni AQŞ qabul qilişi ehtimoli yuqori, aks holda Eron yana Hörmuz böğozini yopib qöyişi mumkin.
Keyingi kunlardagi eskalatsiya fonida Tramp Isroil boş vaziri Netanyahuga telefon qilib, “Eronga javob zarbalari yöllamang, axir bu safar Isroilda heç kim qurbon bölmadi, ölmadi” deya talab qildi. Tabiiyki, Netanyahu Trampga quloq solişga majbur. Bu – ikki ittifoqçi davlatning içki öyin qoidasi. Qoidaga köra, Vaşington Isroilga çeksiz qurol-aslaha yetkazib beradi, BMT Xavfsizlik Kengaşida öz vetolari bilan Isroilni himoya qiladi, çeksiz moliyaviy qöllaydi. Lekin vaqti kelganda, AQŞ Isroildan “jim bölişni” talab qiladi. Misol uçun, 1973 yilgi uruşda, Misrga yeki Iroqqa qarşi uruşlarda AQŞ Isroilga “jim bölişni” köp marta buyurgan. Isroilning ortiqça hujumlari AQŞning arab ittifoqçilari va koalitsiyasini buzib yuboriş ehtimoli paydo bölganda, Vaşington şu talabni qöyadi.

















