Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashina boshqaruvida internetdan foydalangan qiz halok bo‘ldi
Rossiyaning Qozon shahrida Daewoo Matiz rusumli avtomobil boshqaruvida bo‘lgan 22 yashar qiz o‘z-o‘zini videotasvirga tushirdi va katta tezlikda qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtobusga borib urildi. Bu haqda «Tatar-inform» xabar bermoqda.
Avtomobil boshqaruvida bo‘lgan qiz ijtimoiy tarmoqlardan birida videotranlyatsiya olib borgan. Uning telefoni esa mashinaning panelida turgan. Qizning internet foydalanuvchilari bilan salomlashgani va so‘zlashuvi kamera orqali yozib olingan. Shundan so‘ng zarba va qichqiriq ovozlari eshitilgan va yozuv to‘xtab qolgan. Qiz YTH joyida halok bo‘lgan.
Tatariston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, avtobusdagi besh nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olishgan. Jarohatlanganlar orasida yetti yashar bola ham bor. Tez yordam brigadasi ularni shifoxonaga yetkazishgan.

Mavzuga oid
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026