Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Le Penni qabul qildi, lekin u saylovlarga aralashmoqchi emas
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda Fransiya prezidentligi uchun nomzod Marin Le Pen bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml saytida xabar berilgan.
Putin Rossiya Fransiya bilan munosabatlarga alohida e'tibor qaratayotganini qayd etib o‘tgan.
«Biz Fransiya bilan munosabatlarga katta e'tibor qaratmoqda, biz amaldagi hukumatni ham, muxolifatni ham teng qo‘llab-quvvatlaymiz», — degan Rossiya rahbari.
U Fransiyada saylovoldi kampaniyasi faol ravishda olib borilayotganini qayd etib o‘tgan.
Putin qayd etganki, Rossiya «har qanday holatda ham bo‘layotgan voqealarga aralashmaydi».
Marin Le Pen Moskvaga 24 mart kuni Davlat dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etish uchun keldi. U parlamentning quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
07:54 / 02.04.2025
Fransiyada ultrao‘ng siyosatchilar ommaviy norozilik namoyishlar o‘tkazmoqchi
18:22 / 01.04.2025