Bir neça ming namoyişçi Parijda "Milliy birlaşuv" partiyasi parlament fraksiyasi rahbari, Fransiyada Yevropa parlamenti mablağlarini talon-toroj qilgani uçun sudlangan Marin Le Pen iştirokidagi mitingga qöşildi. Namoyişçilar öta öng siyosatçining 2027 yilda bölib ötadigan Fransiya prezidentligi saylovlarida iştirok etişini taqiqlovçi sud qaroriga qarşi norozilik bildirgan, deb xabar berdi dpa 6 aprel, yakşanba kuni.
Aksiya «Milliy birlaşuv» taşabbusi bilan Nogironlar saroyi oldidagi maydonda bölib ötdi. Taşkilotçilar namoyişda 10 ming kişi iştirok etişini kutgandi. Bino oldidagi maydon töliq tölgani yöq, deb xabar berdi dpa.
«30 yil davomida men adolatsizlikka qarşi kuraşdim. Va kuraşişda davom etaman», — deya Le Pen sözlarini keltirgan AP. Uning ma’lumotlariga köra, aksiya qisman saylovoldi mitingi xarakteriga ega edi. Olomon bir neça bor şunday hayqirgan: «Marin — prezident!» va «Ular bizdan 2027 yilni öğirlay olmaydi».
Le Penning bir qança tarafdorlari «Adolat buyruqlarni bajaryapti» va «Sud diktaturasini töxtating» degan plakatlarni kötarib yurgan. Boşqa iştirokçilar Je suis Marine ("Men - Marin") yozuvlari tuşirilgan futbolkalarni kiyib, Le Penni sudlangan va şunga qaramay ikkinçi marta mamlakatning eng yuqori lavozimini egallaşga muvaffaq bölgan AQŞ prezidenti Donald Trampga qiyoslaşdi.

















